Yunusobod tumanidagi “Oloy” bozori avtoturargohi hududida Immunitetni tekshirish bo‘yicha tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda. Bu yerda aholi COVID-19 ga test topshirish va uning natijalarini 24 soat mobaynida internet orqali olish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’kidlandi.
Prezident farmoniga ko‘ra, koronavirusga test natijalari haqida 3 kunda xabardor qilinadi. Bundan tashqari, uy sharoitida davolanayotganlarga yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga test topshirish mumkin bo‘lgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning 5 tasi Toshkent shahrida, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida esa 1 tadan tashkilotlar COVID-19 ga test oladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting